Tibbiyotda dorivor o‘simliklar, dorivor moddalarning o‘rni nihoyatda katta. Hozirgi davrda ko‘plab kimyoviy dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin ularning davolash bilan bir qatorda salbiy ta’siri ham kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida davolovchi xususiyatga ega tabiiy vositalarga bo’lgan talabni oshirmoqda .Kimyovi y usullar bilan olib bo‘lmaydigan biologik faol moddalar faqat o‘simliklar tarkibida uchrashi buning yaqqol dalilidir. Keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, ularning mutloq zararsizligi va foydasi ilmiy tadqiqotlarga investitsiya hajmining va xalqaro bozordagi tabiiy dorivor mahsulotlarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi.
Dorivor o’simliklar tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Dorivor o’simliklardan qadim zamonlardan buyon foydalanib kelingan. Hozirgi davrga kelib juda ko’plab kimyoviy dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin ular o'z navbatida ayrim kasalliklarni davolash bilan bir qatorda salbiy ta'siri ham kuzatilmoqda. Bu esa yana dirivor o'sumliklarga bo'lgan talabni oshirmoqda. Kimyoviy usullar bilan sintez qilib bo'lmaydigan biologik faol moddalar faqat o'simliklar tarkibida uchrashi olimlarni dorivor o'simliklarga bo'lgan qiziqishini orttirdi. Hozirgi zamonda dorivor o'simliklar ilmini rivojlantirish muhim vazifalardan biri. Dorivor o'simliklar bo'yicha olib borilayaotgan ilmiy tadqiqot ishlari eng kerakli va samarali dori vositalarini yaratishdan iborat. Ko'pchilik zamondoshlarimiz fikricha asal -o'tmishning tugallangan mavzusi. Sintetik kimyoda yuz minglab tabiatda hali mavjud bo'lmagan organik birikmalar, turli xil dorilar yaratilishi kimyoviy sintezning naqadar qudratliligini ko'rsatib berdi. Ammo o'tgan asrlar insoniyatning eski do'sti - asal ham bu dorilardan qolishmasligi olimlar tomonidan isbotlandi. Asal asrlar davomida insoniyat tomonidan shifobaxsh vosita sifatida ishlatilgan. Uning bu xususiyati uning tarkibidagi aminokislotalar,fermentlar,vitaminlar, turli xil mikroelementlar va organizmda suyak to'qimasining asosiy komponenti bo'lgan kalsiy samarali o'zlashtirilishida yordam berishi bilan bog'liq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 5- maydagi PQ-2956 son qarorlari va tibbiyot hodimlarining uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,sog’liqni saqlash tizimi organlari va muassalarining malakali tibbiyot kadrlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish to’g’risidagi farmoishlari tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Ma’lumki,kasbni egallash kasb tilini o’rganish,shu bilan birga tushunchalar va ularni ifadalovchi atamalar tizimini o’zlashtirish bilan amalga oshiriladi. Hozirgi zamon tibbiy atamashunosligi tom ma’noda keng va murakkab atamalar tizimi hisoblanib bir necha yuz ming so’z va so’z birikmalarini o’z ichiga oladi.Tibbiy va biologik atamashunoslikning o’ziga xos xususiyati ko’p asrlik “an’anaviy” lotin tilini qo’llashdadir.
Asaldan tibbiyotda qadimdan dori-darmon sifatida foydalanilgan. Hozirgi farmasevtika sanoatida turli dori darmonlar ishlab chiqariladi.Asalning o’zi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. XX asrning 60 -yillaridan boshlab tibbiyotda asal bilan davolash usullari - apiterapia shakllandi. Asalning tarkibida juda ko’p vitaminlar va mikroelementlar bor. Asal tarkibida vitamin va mikroelementlarning borligi asalning sifatini, shifobaxshlik xususiyatini boyitadi. Asal kishi organizmiga beqiyos foydali bo’lganligidan hamma kasalliklarga davo hisoblanadi. Ibn Sino asalning shifobaxshligini o’rganib, turli xil kasalliklarni davolagan hamda bu borada o’zining qimmatli tavsiyalarini ham ishlab chiqqan.